Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jahon bozorlarida o‘z o‘rnini topmoqda. Rishtonlik Sardorbek Sodiqov rahbarlik qilayotgan “RICH FARM EXPO” firmasi tomonidan Farg‘ona anorlari Janubiy Koreya bozorlarida sotilmoqda.

Mahsulotlariga maxsus tamg‘a – “Republic of Uzbekistan, Fergana region, Rishtan district, Eyilma, Navbahor” deb yozilgan belgilar qo‘yilgan bo‘lib, bu mahsulotning kelib chiqish joyini va O‘zbekiston brendini namoyon etadi.

Sardorbek Sodiqovning aytishicha, Koreya bozoriga yetkazib berilayotgan anorlar ekologik toza usulda yetishtirilgan bo‘lib, o‘ziga xos shirin ta’mi, yuqori sifati va tabiiyligi bilan xaridorlar e’tiborini qozonmoqda.

Bugungi kunda “RICH FARM EXPO” faqat anor emas, balki boshqa meva-sabzavot turlarini ham chet el bozorlariga chiqarish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib bormoqda.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari