• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Fan va ta'lim Ziyo va amaliyot uygʼunligi: FarDU talabalari bugungi kun kasb egalariga aylanmoqda
Fan va ta'lim

Ziyo va amaliyot uygʼunligi: FarDU talabalari bugungi kun kasb egalariga aylanmoqda

  • 30.07.2026 / 17:20
  • 17
  • 0
111

Bugungi globallashuv va jadal taraqqiyot davrida oliy taʼlim muassasalarining asosiy vazifasi nafaqat nazariy bilim berish, balki mehnat bozorida raqobatbardosh, yetuk mutaxassislarni tarbiyalashdan iboratdir. Shu bois, Fargʼona davlat universitetida taʼlim sifati va amaliyot integratsiyasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasining oliy taʼlim sohasidagi islohotlariga hamnafas holda, universitetimiz rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadovich boshchiligida muassasada mutlaqo yangi muhit va strategik qarashlar shakllandi. Rektorimizning tashabbuskorligi va zamonaviy boshqaruv tamoyillari sabab bugun FarDU nafaqat mintaqamizning, balki respublikamizning yetakchi ilmiy-maʼrifiy maskanlaridan biriga aylandi. Talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish va amaliyot jarayonlari bilan uzviy bogʼlashga qaratilgan amaliy qadamlar bugun oʼzining yuksak samarasini bermoqda.

Аyni kunlarda universitetimizda oʼtkazilayotgan "#Dolzarb_90_kunlik" loyihasi doirasida "#Talabalar_amaliyoti" tadbirlari qizgʼin davom etmoqda. Xususan, Tarix fakultetining Ijtimoiy ish va sotsiologiya taʼlim yoʼnalishi talabalari hududiy "XАN YAMIN" nomidagi Oʼzbekiston-Xitoy qoʼshma korxonasida boʼlib, muassasada amalga oshirilayotgan zamonaviy boshqaruv, mehnat munosabatlari va amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Jarayonda universitetimizning talabalar amaliyoti boʼlimi mutaxassislari hamda kafedra professor-oʼqituvchilari ham faol ihtirok etib, talabalarga zaruriy ilmiy-metodik tavsiyalarni berib bordilar. Koʼrgazmali va muloqotga boy oʼtgan uchrashuvda qoʼshma korxona mutaxassislari oʼz tajribalari bilan oʼrtoqlashib, talabalarning sohaga oid barcha savollariga batafsil va atroflicha javob berishdi.

Ushbu jarayonlarning yuqori saviyada va tizimli tashkil etilishida Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi mudiri Tolibov Bekzodjonning xizmatlari alohida eʼtirofga loyiq. Kafedra mudirining talabalarga boʼlgan yuksak eʼtibori, ularning taʼlimdagi va amaliyotdagi har bir muvaffaqiyatiga boʼlgan jonkuyarligi hamda zamonaviy tashkilotchiligi natijasida talabalarimiz nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda qoʼllash imkoniyatiga ega boʼlmoqdalar. Bekzod aka boshchiligidagi kafedraning ushbu saʼy-harakatlari taʼlim sifati va soha rivojiga ulkan hissa qoʼshmoqda.

Kelajak sari dadil qadamlar

Olingan bilim va amaliy koʼnikmalar boʼlajak sotsiolog va ijtimoiy ish xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishda, ularning oʼz sohasida haqiqiy professional yetuk kadr boʼlib yetishishlarida poydevor vazifasini oʼtaydi.

Oliy taʼlim va amaliyot oʼrtasidagi bunday mustahkam hamkorlik zanjirini yoʼlga qoʼygan universitetimiz rahbariyatiga hamda ushbu ezgu ishlarga bosh-qosh boʼlayotgan barcha ustozlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. FarDU talabalari bugungi amaliyot orqali ertangi kunning yuksak marralarini zabt etishga tayyor!

Ozodbek Yigitaliev, 
Fargʼona davlat universiteti Mushoira klubi rahbari

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar