• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Iqtisodiyot Quva anorlari – jahon bozori sari
Iqtisodiyot

Quva anorlari – jahon bozori sari

  • 08.10.2025 / 21:54
  • 47
  • 0
111

Quva anorlari tabiiy ta’mi hamda ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Mahsulotlar tumanning iqlimi va tuproq sharoitiga mos holda yetishtirilayotganligi sababli, ta’mi o‘ziga xos.

Tumanda yiliga o‘rtacha 40-50 ming tonna anor hosili yetishtirilib, joriy yilda 30 million dollarlik mahsulotni eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Quva anorlari asosan Rossiya, Koreya, Arab davlatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalariga eksport qilinmoqda.

Joriy mavsumda Quvada yetishtirilgan anorlar xalqaro standartlarga javob beradigan sifatda tayyorlanib, zamonaviy qadoqlarda Janubiy Koreya bozorlariga ham yetkazilmoqda. Eksport jarayonlariga Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Quva tumani fitosanitariya davlat inspektorlari tomonidan yaqindan amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Mevalarni yig‘ishdan boshlab qadoqlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda fitosanitar talablarga qat’iy rioya etilishi nazorat qilinmoqda.

Quva tumanida anorning nafaqat mevasi, balki uni qayta ishlash, tabiiy sharbatlar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Ilgari bu jarayonlar asosan uy sharoitida amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda sohaga yangi innovatsion texnologiyalar joriy etilayotgani natijasida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Tumandagi “Karim-A Eksport” MCHJda zamonaviy texnologiyalar yordamida anordan tabiiy sharbatlar tayyorlanib, korxonaning o‘z brendi ostida Rossiya va Arab davlatlariga eksport qilinmoqda. Korxonada oyiga o‘rtacha 60-70 tonna turli mevalardan tabiiy sharbatlar ishlab chiqariladi. Joriy yilda 30 turdagi mahsulotlar tayyorlanib, umumiy qiymati 220 ming dollarlik eksport amalga oshirildi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar