Bugungi kunda O‘zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlariga xorij bozorlaridagi qiziqish ortib bormoqda. Ular orasida “Frutata” brendi alohida ajralib, milliy mahsulot sifati, tabiiyligi va zamonaviy qadog‘i bilan e’tirof etilmoqda.
Oltiariq tumanidagi “IxlosASB” MCHJ tomonidan serquyosh yurtimiz bog‘larida pishgan 10 dan ortiq sarxil mevalarimiz tabiiyligini saqlagan holda quritilib, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy hamda Birlashgan Arab Amirliklari bozorlariga yetkazib berilayotir.

Korxona “Halol” sertifikatiga ega bo‘lib, Xitoydan zamonaviy texnologiyalar olib kelib o‘rnatildi. Mevalarni sifatli holda quritish, muzlatgichli omborxonalarda saqlash jarayoni jahon andozalari darajasida tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan har bir mahsulotni eksportga tayyorlash jarayonida uning fitosanitar holati o‘rganilib, ehtiyoj tug‘ilganda zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari