• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘onada limon eksporti rivojlanmoqda
Iqtisodiyot

Farg‘onada limon eksporti rivojlanmoqda

  • 14.10.2025 / 08:34
  • 53
  • 0
111

Ma’lumki, Uchko‘prik tumanida tomorqada sitrus meva – limon yetishtirish borasida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan.

Bugungi kunda tumandagi “Qurbonqashqar”, “Oqsuv”, “Bog‘ibo‘ston”, “Oltin vodiy”, “Sariqo‘rg‘on”, “Tojik”, “Soybo‘yi”, “Katta qashqar” mahallalarida 3 ming 823 ta xonadonda 766 gektar maydonda issiqxonalar tashkil etilib, limon yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan yili tumanda qiymati 1 million dollardan ziyod limon eksporti amalga oshirilgan. Bu yil 1,5-2 million dollarlik eksport marrasi ko‘zlanmoqda. Tumanda yetishtirilgan limon asosan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlariga eksport qilinadi.

Eksport jarayonlariga Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi  boshqarmasining fitosanitar davlat inspektorlari yaqindan ko‘mak bermoqdalar.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar