• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Iqtisodiyot Tadbirkorlarga fitosanitariya sertifikatlari olishda ko‘maklashilmoqda
Iqtisodiyot

Tadbirkorlarga fitosanitariya sertifikatlari olishda ko‘maklashilmoqda

  • 05.09.2025 / 10:06
  • 36
  • 0
111

Serquyosh yurtimizning meva-sabzavotlari eksporti jarayonida sifatli fitosanitar ekspertizadan o‘tkazish talab etiladi. Bu borada esa O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy bo‘limlari tadbirkorlarga yaqin ko‘makchi bo‘lmoqda.

Ayni paytda Oltiariq tumanida 3 ming 500 gektardan ortiq uzum bog‘lari bo‘lib, joriy yilda 30 ming tonnadan ko‘proq uzum mahsulotini jahon bozoriga eksport qilish rejalashtirilgan. O‘z navbatida qish-bahor mavsumida aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini bir maromda qondirish maqsadida tumanda meva-sabzavot saqlashga ixtisoslashgan 68 ming 800 tonna sig‘imga ega 83 ta muzlatgichli omborxona tashkil etilgan.

Oltiariq tumani O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limining 10 nafarga yaqin mutaxassislari eksportchi korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarida bu borada doimiy ravishda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib boradilar.

Tumandagi “My Garden” fermer xo‘jaligi tasarrufida 45 gektar uzum bog‘i bo‘lib, hozirda xo‘jalik tasarrufidagi 2 ming tonna sig‘imga ega muzlatgichli omborxonaga uzumning “Husayni”, “Kelin barmoq” singari navlari, shuningdek, olma, xurmo kabi mevalar qish-bahor mavsumida eksport qilish uchun jamlanmoqda.

Shu munosabat bilan Oltiariq tumani O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi mutatassislari mahsulotni sifatli saqlash, biologik ishlov berish hamda fitosanitar sertifikatini olgan holda eksportga jo‘natish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishadi. O‘z navbatida mahsulot eksporti jarayonida yaqindan ko‘maklashilib, fitosanitariya sertifikatlarini olish va barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar