• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Jamiyat Toshkentda ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etgan shaxs qamaldi
Jamiyat
Voqealar

Toshkentda ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etgan shaxs qamaldi

  • 08.01.2026 / 11:51
  • 53
  • 0
111

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida ayol kishiga nisbatan uyatsiz-buzuq harakat sodir etilgani haqidagi xabarlar tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6-yanvar kuni taxminan soat 18:50 larda noma’lum shaxs Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida 1996-yilda tug‘ilgan ayolga nisbatan uyatsiz-buzuq harakat sodir etgan va voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan. U 1993-yilda tug‘ilgan V.Andrey ekani ma’lum bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Keyinchalik mazkur ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqildi. Ish materiallariga ko‘ra, 32 yoshli erkak voqea kuni mast holda jamoat joyida shimini yechib, jinsiy a’zosini atrofdagilarga namoyish qilgan, baland ovozda baqirgan hamda o‘tib ketayotgan fuqarolarga nisbatan uyatli so‘zlar ishlatgan.

Shuningdek, u avtobus bekati oldida turgan holda ayol kishiga o‘z jinsiy a’zosini ko‘rsatib, uyatsiz harakatlar qilgan. So‘ngra avtobus bekati yaqinidagi yer osti yo‘lagida ham o‘sha ayolga nisbatan ushbu harakatlarni takroran sodir etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak 7 yanvar kuni sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun ichki ishlar organlariga rasman chaqirilgan bo‘lsa-da, belgilangan vaqtda kelmagan va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Sud qaroriga ko‘ra, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41- prim 1-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik), 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi 1-qismi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Natijada unga 15 sutka ma’muriy qamoq hamda BHMning 5 baravari — 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar