AQSH yetakchisi Donald Tramp nomidagi Tinchlik institutida Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tramp kirish nutqi so‘zladi. AQSH rahbari mamlakatlar tarixidagi muhim voqealar ro‘y berayotgani, sakkizta urush hal qilingani va yana biri hal qilinish arafasida ekanligini ta’kidladi.
D.Tramp har bir yetakchini alohida e’tirof etdi. Jumladan, O‘zbekiston Prezidentini o‘zgacha kayfiyat bilan tanishtirdi.

“Prezident Mirziyoyev, O‘zbekistondan. U mening do‘stim. Mamlakatingiz juda yaxshi rivojlanmoqda. O‘zingiz ham a’lo darajada ish olib boryapsiz. Har safar Siz bilan uchrashganimizda hech qanday muammo yo‘q”, dedi AQSH yetakchisi.
Shuningdek, “Qozog‘iston, Ozarboyjon, BAA, Marokash, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Kuvayt – ularning barchasi yordam paketiga 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi», dedi Tramp.
Oq uy rahbari ushbu mamlakatlardan har birining ulushi qancha bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari