• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Sport “Neftchi” — O‘zbekiston Superkubogi g‘olibi!
Sport

“Neftchi” — O‘zbekiston Superkubogi g‘olibi!

  • 16.03.2026 / 09:10
  • 118
  • 0
111

Farg‘onaning mashhur jamoasi — "Neftchi" o‘z muxlislariga katta quvonch ulashdi. Jamoa "Paxtakor" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston Superkubogi g‘olibi bo‘ldi.

Uchrashuv yuqori saviyada va murosasiz kurashlar ostida kechdi. Bellashuv davomida farg‘onalik futbolchilar maydonda ustunlikni qo‘ldan bermasdan, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tantanali marosimda “Neftchi” jamoamizga Superkubok rasman topshirildi. Mazkur yutuq klub tarixidagi yana bir muhim sahifa sifatida e’tirof etildi.

Musobaqadan so‘ng jamoamiz futbolchilari va murabbiylarini viloyatimiz aholisi markaziy ko‘chalarda katta tantana bilan qarshi oldilar. Minglab muxlislar jamoani qutlab, g‘alabani birgalikda nishonladilar.

Shu tariqa, “Neftchi” jamoasining ushbu yutug‘i nafaqat klub muxlislari, balki butun Farg‘ona viloyati sport jamoatchiligi uchun unutilmas voqeaga aylandi.


Abrorbek ABDUMUTALOV
Suratlarni Usmonjon QODIROV olgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar