• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Turizm “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” Ziyoratdan qalblar nurlandi
Turizm

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” Ziyoratdan qalblar nurlandi

  • 25.05.2026 / 09:34
  • 52
  • 0
111

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi tashabbusi bilan Farg‘ona va Namangan viloyati fondining bo‘lim boshqaruvlari tomonidan viloyatlarda istiqomat qilayotgan mehnat faxriylari hamda kam ta’minlangan oilalar vakillari uchun poytaxtimiz bo‘ylab ikki kunlik ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Unda jami 50 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Toshkent shahridagi qator tarixiy va zamonaviy maskanlarga tashrif buyurib, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ma’naviy meros va milliy qadriyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, “Zangiota” ziyoratgohi, “G‘alaba bog‘i” va “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga qilingan sayohatlar katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, Islom sivilizatsiyasi markaziga uyushtirilgan sayohat eng mazmunli va unutilmas qismlardan biri bo‘ldi. Mehmonlarga markaz faoliyati, unda jamlangan noyob tarixiy meros va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ekspozitsiyalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mazkur markaz “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan bo‘lib, bu yurtimizda ma’naviy merosni asrash va dunyoga keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga berilgan yuksak e’tirof hisoblanadi.

Markazning eng katta va muhtasham kirish ko‘rgazma zali mehmonlarda alohida hayrat uyg‘otdi. Unda joylashtirilgan 14 ta ravoq orqali insoniyat va islom tamadduni tarixidagi muhim voqealar badiiy va zamonaviy uslubda aks ettirilgan. Shuningdek, markazning eng muhim qismlaridan biri bo‘lgan Qur’oni Karim zali ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur zalda musulmon olamining bebaho ma’naviy durdonasi – VII asrda qo‘lda ko‘chirilgan mashhur Usmon Mushafi saqlanadi. Markazdagi eksponatlar, buyuk allomalarimiz hayoti va ilmiy merosi haqida berilgan ma’lumotlar ishtirokchilarning milliy va diniy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Sayohat qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat O‘zbekiston, balki butun musulmon olamining boy tarixi va ma’naviyatini o‘zida mujassam etgan noyob ilm-ma’rifat maskani ekanini alohida ta’kidladilar.

Tadbir davomida mehmonlarni O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi xodimlari samimiy kutib olib, sayohatning mazmunli va yuqori saviyada o‘tishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdilar.

Sayohat ishtirokchilari o‘zlariga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildirib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar inson qalbida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashini ta’kidladilar.

 

Muhammadjon Abduvaliyev,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi mutaxassisi

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar