• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Qiziqarli Sovuq havo sharoitida ekinlarni asrash
Qiziqarli

Sovuq havo sharoitida ekinlarni asrash

  • 23.12.2025 / 09:34
  • 92
  • 0
111

Sovuq havo kirib kelganda, mevali bog‘ va uzumzorlarning qator oralaridan sug‘orish ariqlari olinib, iloji boricha kam miqdorda suv oqizish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, mevali bog‘ va uzumzorlar qator oralariga mahalliy o‘g‘it aralash xashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ularni tutatish mumkin. Buning uchun mevali bog‘ va uzumzorlarga bir tekisda eni 1,25−1,5 m hamda balandligi 0,5−0,75 m dan to‘p-to‘p qilib uyib qo‘yish kerak bo‘ladi.

Daraxtlarning yoshi va qalin siyrakligiga qarab har bir gektar maydonga 100−200 ta uyum hosil qilish kerak. Tutun bog‘ ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlarni mevali bog‘ va uzumzorlarning shamol esadigan tomoniga qo‘yish hamda havo haroratini kuzatish lozim.

Havo ochiq bo‘lib, harorat +1°S ga tushishi bilan uyumlarni tutatish, bunda uyumlarning alangalanmay, tutab yonishiga alohida ahamiyat berish lozim. Sovuq takrorlanishini hisobga olib, uyumlarni oralatib tutatish kerak. Agar sovuq bo‘lmasa uyumlardan o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Isitilmaydigan ko‘chatxonalarda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari ko‘chatlarini sovuqdan asrashning muhim tadbirlaridan biri dugalar o‘rnatish, ustini polietilen plyonkasi bilan yopish, vaqtinchalik isitish moslamalaridan foydalanish hamda atrofiga go‘ng aralash xashak, paxol va shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ularni tutatish mumkin.

Issiqsevar sabzavot ekinlaridan pomidor, shirin qalampir va baqlajon ko‘chatlarini issiqxonada tayyorlashni hamda bodring va poliz ekinlari urug‘larini ekishni vaqtinchalik to‘xtatib turish lozim.

Sovuqqa chidamli sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi, karam va ko‘kat sabzavotlar kabi ekinlarga - 2−3°S havo sezilarli darajada ta’sir etmaydi.

Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar