Farg‘ona viloyati hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi tashabbusi bilan Farg‘ona shahridagi “Yangi avlod” nodavlat ta’lim muassasasida Yangi yil bayrami shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatdagi milliy madaniy markazlarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan kam ta’minlangan (ehtiyojmand) oilalar farzandlari, boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari, chin yetim bolalar, shuningdek 17-Xalqaro Antaliya fan olimpiadasi g‘oliblari bo‘lgan iqtidorli bolajonlar bayram archasi atrofida jam bo‘lishdi.

Kechada bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashildi, yosh iqtidor egalarining xalqaro fan olimpiadasida erishgan yutuqlari e’tirof etilib, munosib taqdirlandi.

Bayram dasturidan o‘rin olgan qiziqarli o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari, ayniqsa, Qorbobo va Qorqiz, masxarabozlar, taniqli ertak qahramonlarining tashrif buyurishlari bolajonlar qalbiga ko‘tarinkilik, zavq olib kirdi. Quvonch va samimiyatga boy ruhda o‘tgan bayram tadbirida 100 nafar ishtirokchi bolalarga Yangi yil sovg‘alari ulashildi.
Bahodirjon Yulbarsov,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari