• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Jamiyat «Oilasini boqish uchun ishga ketgan edi, tobutda qaytdi…» — marhum ishchining oilasiga tegishli 121 million so‘m MCHJdan majburiy tartibda undirildi
Jamiyat
Huquq

«Oilasini boqish uchun ishga ketgan edi, tobutda qaytdi…» — marhum ishchining oilasiga tegishli 121 million so‘m MCHJdan majburiy tartibda undirildi

  • 22.06.2026 / 15:11
  • 48
  • 0
111

«Turmush o‘rtog‘im halol mehnat qilib, farzandlarimizni boqish uchun ishga ketgan edi. Uni tirik kutib ololmadik. Eng achinarlisi, oilamizga tegishli 121 million so‘m tovon pulini ham MCHJ ixtiyoriy to‘lashni istamadi», — deydi marhumning rafiqasi.

MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasining ma’lum qilishicha, Dang‘ara tumanida mahalliy tekstil korxonasida mehnat qilib kelgan fuqaro ish jarayonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida is gazidan zaharlanib, ish joyining o‘zida vafot etgan. Bu fojia nafaqat bir insonning hayotiga nuqta qo‘ydi, balki butun oilani yagona boquvchisiz qoldirdi.

Marhumning turmush o‘rtog‘i yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararni qoplash bo‘yicha sudga murojaat qildi. Sud uning talabini qanoatlantirib, qarzdor MCHJ zimmasiga 121 million so‘m mablag‘ni to‘lash majburiyatini yuklagan.

Biroq korxona rahbariyati sud qaroridan keyin ham mas’uliyatdan qochishga urinib, mablag‘ni ixtiyoriy tarzda to‘lamadi.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Dang‘ara tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, davlat ijrochilari tomonidan qarzdor MCHJning bank hisob raqamlariga taqiq qo‘yilib, inkasso topshiriqnomalari yuborildi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 121 million so‘m mablag‘ qonunning qat’iy talabi asosida undirilib, marhumning turmush o‘rtog‘i plastik kartasiga o‘tkazib berildi.

Inson hayotini hech qanday mablag‘ bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ammo qonun oldida har bir ish beruvchining mas’uliyati bor va u bajarilishi shart.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar