16-fevral soat 21:18 da Qo‘qon shahar, “Muqimiy” ko‘chasida ko‘p qavatli uy yonayotganligi to‘g‘risida “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Yong’in joyiga yong’in qutqaruv ekipajlari soat 21:23 da yetib borib, 21:25 da o‘rab olinib, 21:32 da yong’in batamom o‘chirildi.
Yong’in gaz va havo aralmasining chaqnashi oqibatida sodir bo’lgan bo’lib, 28-uyning 50 kv.m. maydonda tom va shift qismi hamda uy jihozlari yongan.
Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 1 nafar fuqaro vafot etgan.
Hozirda hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari