O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumiga start berildi. Birinchi tur uchrashuvida amaldagi chempion — "Neftchi" jamoasi o‘z maydonida "Mash’al"ni qabul qildi. Bahs Istiqlol stadionida bo‘lib o‘tdi.

Viloyatda futbol infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar ham rejalashtirilgan. Zamonaviy talablarga mos "Neftchi" akademiyasini tashkil etish, yosh futbolchilarni tayyorlash tizimini kuchaytirish, shuningdek stadionni kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanganidek, bu sa’y-harakatlarning bosh maqsadi Farg‘onani mamlakat futbolining yetakchi markazlaridan biriga aylantirishdir. Joriy mavsumda esa jamoa oldiga chempionlikni qo‘lga kiritish va xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonish vazifasi qo‘yilgan.
Tadbir davomida jamoaga bo‘lgan ishonch alohida ta’kidlandi. “Neftchi” futbolchilari maydonga nafaqat klub nomidan, balki butun Farg‘ona ahlining g‘ururi va ishonchini ifodalagan holda chiqayotgani qayd etildi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlovi esa jamoaning eng katta kuchi ekani aytildi.

O‘yin keskin va hujumkor ruhda boshlandi. 9-daqiqada Boyan Siger aniq zarba bilan hisobni ochdi. 30-daqiqada Stipe Peritsa jamoaning ikkinchi golini kiritdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida esa Zoran Marushich hisobni yirik ko‘rinishga olib chiqdi.

Abrorbek ABDUMUTALOV
Suratlarni Usmonjon QODIROV olgan.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari