• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Jamiyat Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi
Jamiyat
Madaniyat

Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi

  • 01.04.2026 / 15:22
  • 40
  • 0
111

Xonanda marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevning bir nechta qo‘shig‘ini meros boshqaruvchisidan ruxsat olmagan holda omma oldida ijro etgan. Sud unga 8 mln 240 ming so‘m jarima qo‘lladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Sud hujjatida keltirilishicha, xonanda 2025-yil sentabr oyida Namangan viloyatining Chust tumani hududida marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevning “Ko‘rmisham”, “Bandaman” hamda “Karvon” qo‘shiqlarini omma oldida ijro etgan. Shuningdek, u o‘z ijrosini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan.

Fuqaro G. Jo‘rayeva tomonidan marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevdan meros bo‘lib qolgan musiqiy asarlarni uning ruxsatisiz Sardor Mamadaliyev tomonidan ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177¹-moddasi ikkinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish tegishli sudga yuborildi. 

Xonanda o‘z ko‘rsatuvida ushbu harakatlari huquqbuzarlik ekanini bilmaganini aytib, suddan yengillik so‘ragan.  

“Sherali Jo‘rayevning “Ko‘rmisham”, “Bandaman” nomli musiqiy asarlarni omma oldida ijro etib, barchaning e’tiboriga yetkazdim. Lekin “Karvon” nomli qo‘shiqni shoir Usmon Azimdan ruxsat olgan holatda musiqasini o‘zim alohida bastalab kuyladim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa ushbu holatni takrorlamayman”, degan u.

JIB Chust tuman sudining qarori bilan Sardor Mamadaliyev mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. Unga BHMning 20 baravari, ya’ni 8 mln 240 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar