• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Voqealar Farg‘ona viloyatida o‘ldirib kanalga tashlab yuborilgan jasad topildi
Voqealar

Farg‘ona viloyatida o‘ldirib kanalga tashlab yuborilgan jasad topildi

  • 05.04.2026 / 08:58
  • 94
  • 0
111

Ma’lumki, Qo‘qon shahridagi «InfinBANK» filialida ishlovchi xodim mijozni o‘ldirib, jasadini kanalga tashlab yuborgani haqidagi xabar ko‘pchilikni qattiq qayg‘uga soldi.

Sodir bo‘lgan ushbu mudhish qotillik tafsilotlari haqida qisqacha to‘xtalmoqchimiz.

«InfinBANK» Qo‘qon filiali kredit bo‘limi mutaxassisi o‘z mijozini qasddan o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida jasadni Katta Farg‘ona kanaliga tashlab yuborgan.

Joriy yil o‘ttizinchi mart kuni O‘zbekiston tumani «O‘qchi» mahallasida yashovchi yigirma sakkiz yoshli Sanjar Esonaliyev muddatli to‘lovga «Onix» avtomashinasini sotib olish uchun bankka borgan. Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oila a’zolarini ham chaqirgan. Yaqinlari ishni bitirib qaytib ketishgan, Sanjar esa mashinani haydab ketishini aytib bankda qolgan. Uni tashqarida jiyani Damas avtomashinasida kutib turgan.

Shu kuni soat o‘n uchlar atrofida bank xodimi va mijoz o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Ular bank xodimining qora rangli «Tracker» mashinasida binodan chiqib ketishgan. O‘zbekiston tumani «Taraqqiyot» mahallasi hududida janjal avjiga chiqqan va bank xodimi yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan mijozning bo‘yin sohasiga zarba berib, uni voqea joyida o‘ldirgan.

Shundan so‘ng u sovuqqonlik bilan jinoyat izlarini yashirishga kirishgan:

Kiyimlarini almashtirib, pichoqni va boshqa dalillarni chakalakzorga uloqtirgan. Mashinasini avtoyuvish shoxobchasida qon dog‘laridan tozalatgan. Eng dahshatlisi: murda mashina salonida bo‘lgan bir paytda, u bankka qaytib kelib, soat 19:00 gacha o‘z ish faoliyatini hech narsa bo‘lmagandek davom ettirgan. Ish vaqti tugagach, jasadni Katta Farg‘ona kanaliga tashlab yuborgan.

Marhumning yaqinlari u bilan bog‘lana olishmagach, ichki ishlar organlariga murojaat qilishgan. Kuzatuv kameralari va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bank xodimining jinoyatga aloqadorligi fosh etildi. Marhumning jasadi to‘rtinchi aprel kuni FVV qutqaruvchilari va mahalliy aholi yordamida kanaldan topildi. Shuningdek, marhumning yonida bo‘lgan 5 700 dollar pul ham g‘oyib bo‘lgani aytilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va qamoqqa olingan. Hozirda Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. O‘zaro janjal nima sababdan kelib chiqqani ochiqlanmagan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar