Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglar uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish joriy yilning 20 aprel kuni soat 14:00 da boshlanadi.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur subsidiya Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 19 fevraldagi 69-son qaroriga muvofiq ajratiladi. Unga ko‘ra, davlat budjeti hisobidan ipoteka krediti uchun boshlang‘ich badalning 25 foizi qoplab beriladi.
Subsidiya olish uchun talablar:
- ariza beruvchi belgilangan ijtimoiy mezonlarga javob berishi;
- kamida 15 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;
- oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi;
- ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida 2 tadan ortiq uy-joy bo‘lmasligi;
- kredit tarixi ishtirok etuvchi banklar talablariga mos bo‘lishi.
Ariza topshirish usullari:
- Davlat xizmatlari markazlari orqali;
- MyGov mobil ilovasi orqali;
- my.gov.uz portali orqali onlayn.
Muhim:
Ariza berish jarayonida OneID tizimi orqali tijorat banklariga kredit tarixingizni tekshirish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi shart. Aks holda ariza rad etilishi mumkin.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari