• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Jamiyat Xotira – muqaddas, qadr – abadiy
Jamiyat

Xotira – muqaddas, qadr – abadiy

  • 09.05.2026 / 08:19
  • 58
  • 0
111

Xotira va qadrlash kuni – chuqur iztirob va iftixor tuyg‘ulariga esh ulug‘ sana. Bu kun mahzun o‘tmishning og‘ir sinovlari, yo‘qotishlari va beqiyos jasoratini esga soladi. Shu bilan birga, kelajak oldidagi mas’uliyatimizni yanada teran anglatadigan ma’naviy sinovdir.

Prezidentimizning 2026-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshqaruvi hamda “Nuroniylar” jamg‘armasi viloyat va shahar bo‘limlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi “Nuroniylar maskani”da bayramona uchrashuv, madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda nuroniylar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda front orti mehnat faxriylarining oila a’zolari, mahalla faollari taklif etildi. Ochiq osmon, so‘lim saylgoh qo‘ynida bir piyola choy ustida bayram dasturxoni yozilib, dildan suhbat qurildi.

Bayram tadbirini O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘lim boshqaruvi raisi Akramjon Yulbarsov ochib berdi. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sayfullo Jabborov, viloyat “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi Zokirjon Rahmonovlar yig‘ilganlarni “Xotira va qadrlash kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.

Samimiy muloqotlarga boy o‘tgan uchrashuvda keksa avlodning mamlakat taraqqiyoti, yurt tinchligi va yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Nuroniylarning hayotiy tajribasi, sabr-matonati va fidokorona mehnati e’tirof etildi. Bu azaliy qadriyatlar keyingi yillarda yanada rivojlanib taraqqiy etib borayotgani, yangi tashabbus, ish tajribalari ommalashib borayotgani e’tirof etildi.

Milliy kuy-qo‘shiq, raqslar guldastasi kechaga o‘zgacha fayzu tarovat bag‘ishladi. Bayram tadbiri doirasida ishtirokchilar va Ikkinchi jahon urushi, fronti orti mehnat faxriylari yo‘qlandi, ehtirom va e’zoz ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Muhammadjon Abduvaliyev,

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyati bo‘limi mutaxassisi

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar