• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Jamiyat Komplayens nazorat instituti – korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishning zamonaviy mexanizmi
Jamiyat
Huquq

Komplayens nazorat instituti – korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishning zamonaviy mexanizmi

  • 22.06.2026 / 15:06
  • 38
  • 0
111

O‘zbekistonda sud-huquq sohasini isloh qilishning hozirgi bosqichida sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 9 iyunda qabul qilingan mazkur Farmoni sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan kompleks huquqiy mexanizm sifatida ahamiyat kasb etadi.

Farmonning asosiy yangiligi sud apparati faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiluvchi mustaqil komplayens nazorat tizimini joriy etishdan iborat. Mazkur yondashuv xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilayotgan risklarga asoslangan boshqaruv modeliga mos keladi.

Farmon bilan komplayens nazorat xizmatining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, daromad va mol-mulkni deklaratsiya qilish, xodimlarni korrupsiyaga qarshi tekshirish, xavfsiz aloqa kanallarini yaratish hamda xabar beruvchi shaxslarni himoya qilish kabi vazifalari belgilanishi korrupsiyaning oqibatlari bilan emas, balki uni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlar bilan kurashish konsepsiyasiga asoslanganligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, sud apparati xodimlarini ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish, ularning kasbiy va shaxsiy fazilatlarini baholash hamda xizmat bo‘yicha o‘sishini meritokratiya tamoyillari asosida tashkil etish davlat xizmatida inson kapitali sifatini oshirishning muhim omili hisoblanadi.

Farmonda “vacancy.sud.uz” va “SudHR” elektron platformalarini ishga tushirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, ishlarni avtomatik taqsimlash tizimini takomillashtirish, deklaratsiya va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarishning elektron tizimlarini joriy etish nazarda tutilgani sud tizimida inson omilini qisqartirish hamda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalqaro tajribaga muvofiq ravishda Odil sudlov akademiyasida korrupsiyaga qarshi barqarorlikni baholash, “real keyslar” asosida o‘quv modullarini joriy etish va ISO 37001 xalqaro standartini tatbiq etish choralarining belgilanishi milliy sud tizimini xalqaro antikorrupsiya standartlariga integratsiya qilishga qaratilgan muhim qadamdir.

Xulosa qilib aytganda, mazkur Farmon sud tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha profilaktik, institutsional va raqamli mexanizmlarni o‘zaro uyg‘unlashtirgan yangi boshqaruv modelini shakllantiradi. Ushbu islohotlarning samarali amalga oshirilishi aholining sud himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, sud hokimiyatining mustaqilligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek, sudlarga bo‘lgan jamoatchilik ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

A.Mamatqulov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudining raisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar