• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

Sotish

ent="wid

Bosh sahifa Huquq Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi
Huquq

Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

  • 10.10.2025 / 10:23
  • 53
  • 0
111

Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi davlat fuqarolik xizmatiga bo‘lgan jamoatchilik ishonchini mustahkamlash, soha xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda qishloq xo‘jaligi tizimida korrupsiyaning oldini olish borasida huquqiy bilimlarni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik bilan samarali hamkorlik qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, Qonunning 5-moddasida belgilab berilgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy normalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar ishtirokchilari korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir davlat xizmatchisining shaxsiy mas’uliyati, xizmat faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya qilish zarurligini ta’kidladilar. Bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda kelgusida ham ushbu yo‘nalishdagi profilaktik ishlar izchil davom ettirilishi belgilandi.

Shuhrat Buzrukxo‘jayev,
Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi  boshqarmasi bosh yuriskonsulti

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar